AsosiyDunyo

​POLISIYaChI O`G`IRLIK QILMOQChI BO`LGAN YIGITGA KIYIM-BOSh OLIB BERDI

'​POLISIYaChI O`G`IRLIK QILMOQChI BO`LGAN YIGITGA KIYIM-BOSh OLIB BERDI'ning rasmi

Kanadaning Toronto shahrida yashovchi 18 yoshli yigit mahalliy gipermarketdan ishga kirishi uchun suhbatdan o`tishga zarur bo`lgan Walmart erkaklar ko`ylagini, bo`yinbog` va paypoqni o`g`irladi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

O`g`rini qamoqqa olishga kelgan polisiyachi mazkur voqeadan larzaga tushdi. U yigitga zarur bo`lgan barcha kiyimlarni xarid qildi. Polisiyachi Niran Jeynasanning so`zlariga qaraganda, yigit o`ta kambag`alligidan mazkur jinoyatga qo`l urgan, uning oilasi ham muhtojlikda kun kechirar ekan.

“Yigitning aytishicha, otasi kasalxonada davolanayotgan, oilasi esa och-nahor kun kechiryapti, ekan. U ishga kirish uchun suhbatga borishga ohorli kiyimi bo`lmaganligi uchun o`g`irlik qilishga majbur bo`lgan. U o`g`irlikni ham oilasiga yordam berish uchun qilgan”, dedi polisiyachi.

Polisiyachi yigitni qamoqqa olmadi, aksincha unga zarur bo`lgan, o`g`irlagan kiyim-boshni sotib oldi. “Yigit meni aldamabdi, haqiqatan ham u suhbatga boribdi, ishga joylashibdi!”, dedi yigitdan minnatdorchilik maktubini olgan polisiyachi. Yigitning otasi ham sog`ayib, kasalxonadan chiqibdi.

Polisiyachi mazkur ezgu ishi bilan bir yigitning hayotini, bir oilaning xotirjamligini saqlab qoldi.

    Boshqa yangiliklar