AsosiyJamiyat

Gentra avtomobillarini yig`ishga kirishildi

"GM Uzbekistan" qo`shma korxonasi Chevrolet Gentra avtomobillarini yig`ishga kirishdi. Bu haqda RIA Novosti agentligiga korxona vakili xabar bergan. 

"Gentra ning birinchi partiyasini Rossiyaga test uchun yubordik, dekabrda esa yirik hajmdagi buyurtmalarni etkazib berishga kirishamiz", - deydi manbaa. Uning so`zlariga ko`ra, yangi modelning 90% Rossiya va MDHning boshqa mamlakatlariga eksport qilinadi.
Ushbu yangi model to`rt silindrli, 1,5 litrli va 105 ot kuchiga ega bo`lgan DOHC dvigateli bilan jihozlangan. Gentra mashinalaridan yiliga 20 mingta ishlab chiqarish ko`zda tutilgan. Loyiha qiymati 23,4 million AQSh dollari va u GM Uzbekistan korxonasining o`z mablag`lari hisobidan moliyalashtiriladi.

    Boshqa yangiliklar