1

​DUNYoNING ENG ZO`R ShAHRI NOMI E`LON QILINDI

Dunyo 16.08.2017, 11:57
​DUNYoNING ENG ZO`R ShAHRI NOMI E`LON QILINDI

Tadqiqotchilar dunyoning 140 ta shahrini o`rganib, ularning qaysi biri yashash uchun qulayligini ma`lum qildi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.

Avstraliyaning Melbrun shahri ettinchi marotaba dunyoning yashash uchun qulay bo`lgan shaharlar ro`yxatiga etakchilik qilmoqda. Bu haqda CNN telekanali Economist Intelligence Unit tomonidan tuzilgan yillik reytingga asoslanib, 100 balli sistemadan 97,5 ball to`plagan Melbrun shahri birinchilikni egallaganligini ma`lum qildi.

Tadqiqotchilar dunyoning 140 ta mamlakatini o`rganib chiqishdi. Sosiologlar shaharlarni o`rganish jarayonida uning xavfsizligi, sog`liqni saqlash tizimi, madaniyati, atrof-muhitni himoya qilish, ta`lim tizimlariga va infrastrukturasiga e`tibor qaratishdi.

Ro`yxatning ikkinchi o`rnini Avstriyaning Vena shahri (97,4 ball), uchinchi o`rinni Kanadaning Vankuver shahri (97,3 ball) egalladi. Shuni ta`kidlash joizki, mazkur shaharlar o`tgan yili ham xuddi shu o`rinlarni egallagan edi.

Shuningdek, Kanadaning Toronto va Kalgari, Avstraliyaning Adelaida va Pyotr, Yangi Zelandiyaning Oklend, Finlyandiyaning Xelsinki va Germaniyaning Gamburg shaharlari birinchi o`ntalikka kirdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1