2017 yilning 12 avgust kuni taxminan soat 18:00 larda, o`tkazilgan “Oriyat” tezkor tadbiri davomida, Tujilov Georgiy Georgievich, Mirzo Ulug`bek tumani, M.Ulug`bek 129-18 xonadonda fohishaxona saqlab, 60.000 so`m pul evaziga fuqaro «B» va «A» larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan, deb xabar beradi Toshkent shahar IIBB.
Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug`bek tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.