AsosiyDunyo

​YaPONIYaLIKLAR TASODIFAN ERIMAYDIGAN MUZQAYMOQNI YaRATIShDI (VIDEO)

'​YaPONIYaLIKLAR TASODIFAN ERIMAYDIGAN MUZQAYMOQNI YaRATIShDI (VIDEO)'ning rasmi

Yaponiyaning bioterapiya tadqiqot markazi tasodifan erimaydigan muzqaymoqni yaratdi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.

Hammasiga bosh oshpazning 2011 yilda Yaponiyaning sharqiy qismida yashovchi, zilzila va sunami tufayli hosili zarar ko`rgan fermerlarga yordam berish maqsadida, qulupnaydan olingan polifenol suyuqligidan desert yaratishni iltimos qilgani sabab bo`ldi.

Tadqiqot vaqtida qandolatchi qulupnay polifenoli qo`shilgan sutli kremning tezda qotib qolayotganligidan shikoyat qildi. Ular o`zlari bilmagan holda jahon miqyosidagi ixtironi yaratganliklarini avvaliga anglashmadi.

“Suyuq polifenol suv va yog`ning parchalanishini qiyinlashtirish xususiyatiga ega, shuning uchun ham u ilk shaklini uzoq saqlaydi” - dedi Kanadzava universiteti professori Tomixisa Ota.

Highsnobiety nashrining ma`lumot berishicha, polifenol ta`sirida muzqaymoq quyosh tig`i ostida 5 daqiqa davomida ham erimaydi. RocketNews24 portali jurnalistlari esa uch soatdan keyin muzqaymoq qanday holatga kelishini videoga olishdi.



    Boshqa yangiliklar