AsosiyJamiyat

O`zbekistonda ko`mir sanoati ilmiy-tadqiqot va loyihalash instituti tashkil etiladi

Mamlakatimizda ko`mir sanoatini rivojlantirish, uning loyiha bazasini mustahkamlash, amaldagi ko`mir konlarini qurish, modernizasiya qilish va ta`mirlash bo`yicha loyiha hujjatlari sifatini yaxshilash maqsadida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30 oktyabrda qabul qilingan MChJ “O`zbek ko`mir sanoati ilmiy-tadqiqot va loyihalash instituti MChJ tashkil etish chora tadbirlari to`g`risida”gi qarori qabul qilindi va institutni rivojlantirishning aniq yo`nalishlari belgilab berildi. 

Hujjatga muvofiq, “Ko`mirloyiha LTD” MChJ “O`zbek ko`mir sanoati ilmiy-tekshirish va loyihalash instituti"ga aylantiriladi. Yangi muassasada 94 nafar xodim faoliyat yuritadi, bu haqda [url=http://norma.uz/publish/doc/text99654_budet_sozdan_uzbekskiy_nauchno-issledovatelskiy_i_proektnyy_institut_ugolnoy_promyshlennosti1]norma.uz xabar beradi.

Qarorga asosan Institut mavjud ko`mirkonlarini qurilish, modernizasiya qilish bo`yicha loyiha hujjatlarini tayyorlash, texnik, texnologik va loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash, mavjud korxonalarni modernizasiya qilish, loyihalashtirilayotgan ob`ektlarda muhandislik ishlarni amalga oshirish kabi ko`pgina faoliyat turlari bilan shug`ullanadi.

“O`zko`mirsanoat” ITLI faoliyatini moliyalashtirish buyurtmachilar, o`z faoliyati orqali topilgan mablag`lar, xalqaro moliya va donorlik tashkilotlari grantlari, vazirlik va idoralarning mablag`lari hisobiga amalga oshiriladi. Qarorda yangi institut Toshkent viloyatining Angren shahrida joylashishi belgilab qo`yilgan.

    Boshqa yangiliklar