AsosiySalomatlik

​QAYSI KASALLIKKA MOYILLIGINGIZ BOR? BURJINGIZGA QARAB ANIQLANG!

'​QAYSI KASALLIKKA MOYILLIGINGIZ BOR? BURJINGIZGA QARAB ANIQLANG!'ning rasmi


1. HAMAL

  • Mazkur burj ostida tug`ilganlarga asab tizimi va bosh sohasiga ahamiyatliroq bo`lish tavsiya etiladi. Otit, gaymorit, migren, nevralgiya kasalliklariga moyilligingiz bor.
  • Maslahat: tish va milklar sog`lomligini kuzatib boring; boshni shamollatib qo`ymang; ichkibozlikka ruju qo`ymang; o`zingizni stress holatigacha olib bormang.
  • Tavsiya etiladi: pishloq, tvorog, tuxum, banan, yong`oqlar, pomidor, sarimsoq piyoz.

2. SAVR

  • «Savr»lar uncha-munchaga kasal bo`lishmaydi. Ammo tobi bo`lmay qolsa ham, dangasaligi tufayli davolanishga shoshilmaydi. Ushbu burj vakillarida tomoq, oyoq, bel va umurtqa pog`onasi, diabet va hazm tizimi bilan muammo kuzatilishi mumkin.
  • Maslahat: ko`proq jismoniy faollikkka e`tibor bering, sog`lom turmush tarziga rioya qiling, ovqatda me`yorni unutmang.
  • Tavsiya etiladi: sabzi, kartoshka, shivit, ismaloq, olcha, olma.

3. JAVZO

  • Mehnatsevarligingiz sabab ko`pincha dam olishni unutib qo`yasiz. So`ng uyqusizlik va aqliy zo`riqishdan aziyat chekasiz. Sog`ligingizga ko`proq o`pka,oshqozon, migren va revmatizm kasalliklari xavf soladi.
  • Maslahat: dam olishni o`rganing, asab buzilishiga yo`l qo`ymang. Ko`proq toza havoda sayr qiling.
  • Tavsiya etiladi: sabzi, loviya, petrushka, anjir, shaftoli, o`rik

4. SARATON

  • Saratonlar depressiyaga beriluvchan bo`lishadi. Ovqat hazm qilish va oshqozonga alohida e`tibor qarating. Buyrak, siydik qopi, ko`krak qafasida yuz berishi mumkin bo`lgan o`zgarishlar diqqat qarating.
  • Maslahat: ko`proq suyuqlik iching, ovqatda me`yorni unutmang va optimistroq bo`ling.
  • Tavsiya etiladi: olma, bodring, qovoq, karam, rediska, qizil lavlagi, mayiz.

5. ASAD

  • Kamdan-kam holatlarda surunkali kasalliklar kuzatilsa-da, infeksion xastaliklarga moyilligingiz bor. Yurak, elka va umurtqa pog`onasiga e`tibor qaratishingiz tavsiya etiladi. Angina, kamqonlik, artrit kasalliklaridan ehtiyot bo`ling.
  • Maslahat: lat eyish, jarohatlardan saqlaning, ichkibozlikka berilmang, organizmingizga dam berishni o`rganing.
  • Tavsiya etiladi: kartoshka, karam, bulg`or qalampiri, makkajo`xori.

6. SUNBULA

  • Kamroq asabiylashing, ish va dam olish rejimiga rioya qiling, atrofingizdagi voqealardan yomonlik qidirishni bas qiling. Sizni asab va ovqat hazm qilish tizimi bezovta qilishi mumkin. Shuningdek, revmatik og`riqlar, o`pka kasalliklari ham uchrab turadi.
  • Maslahat: doimiy ravishda toza havoda bo`ling, ammo shamollab qolmang, ziravor qo`shilgan taomlardan voz keching.
  • Tavsiya etiladi: deyarli barcha yormalar, petrushka, sabzi, uzum, nok.

7. MEZON

  • Sizga asab kasalliklari va jismoniy charchoq xavf solmaydi. «Mezon»lar mazali taomlarni xush ko`rishadi. Ishtahani nazorat qilolmasliklari ortiqcha vazn, buyrak va jigar kasalliklariga sabab bo`ladi.
  • Maslahat: tuz va sirkani kamroq iste`mol qiling. Bir oyda bir marta bo`lsa ham uqalash xizmatidan foydalaning.
  • Tavsiya etiladi: rediska, ismaloq, anor, loviya, dukkakli o`simliklar.

8. AQRAB

  • Bu burj vakillari kamdan-kam kasal bo`lishsada, davolanishga juda ahamiyatlilar. «Aqrab»larning uyqusi yaxshi emas, bosh og`riqlari va asab portlashi ham bo`lib turadi. Tomoq, bel, jinsiy a`zolar kasalliklariga moyilligi bor.
  • Maslahat: asabni asrang, dam olishni o`rganing. Qon aylanishini yaxshilash uchun mol go`shti va sutli mahsulotlardam me`yorda iste`mol qiling.
  • Tavsiya etiladi: salat bargi, rayxon, selderey, na`matak, qo`ziqorinlar, limon, yong`oqlar.

9. QAVS

  • «Qavs» betob bo`lsa ham uzoqqa cho`zilmaydi. U yaxshi xotira egasidir. Mazkur burjdagilar mazali tamaddini yoqtirishgani bois ba`zan me`yorni unutib yuborishadi. Ularda arterial qon bosimi va oshqozon bilan muammo bo`lishi mumkin.
  • Maslahat: parhezga rioya qiling va to`yib uxlang.
  • Tavsiya etiladi: bodring, lavlagi, olxo`ri, qulupnay, qorag`at.

10. JADIY

  • Sizning nozik teringiz allergiyaga juda moyil. Shuningdek, buyrak, oshqozon va suyaklar ham bezovta qilishi mumkin.
  • Maslahat: tizza lat eyishidan ehtiyot bo`ling, tuz iste`molini kamaytiring.
  • Tavsiya etiladi: lavlagi, shovul, olma, qorag`at, yong`oqlar.

11. DALV

  • Qon yaxshi aylanmasligi natijasida, tomirlarning varikoz kengayishi, oyoqlarda og`riqlar va yurak bilan muammolar kuzatiladi.
  • Maslahat: nafas mashqlarini bajarib turing, sog`lom turmush tarziga rioya qiling.
  • Tavsiya etiladi: kabachki, qulupnay, apelsin, anor, na`matak.

12. HUT

  • Tez-tez shamollashga, oyoq qo`llar shishib ketishiga moyilligingiz bor.
  • Maslahat: chiniqing, ko`proq dam oling, tamakidan voz keching.
  • Tavsiya etiladi: bodring, meva va yong`oqlar.

    Boshqa yangiliklar