2017 yilning 16 avgust kuni amaliy tashrif bilan Qirg`izistonda bo`lib turgan O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Qirig`iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboev bilan uchrashdi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.
Qirg`iziston Bosh vaziri Sooronbay Jeenbekov ham ishtirok etgan uchrashuv chog`ida ikki davlat o`rtasidagi turli sohalar yuzasidan hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Almazbek Atamboev O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev o`zbek-qirg`iz hamkorligini mustahkamlashga katta hissa qo`shayotganini alohida ta`kidladi.
O`z navbatida, Abdulla Aripov ham Prezident Almazbek Atamboevga Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning salomini etkazib, O`zbekiston va Qirg`iziston o`rtasidagi do`stlik aloqalarini yanada mustahkamlashga tayyorligini bildirdi.






