AsosiyJamiyat

1000 SO`MLIK IChIGA YaShIRILGAN "OG`U"

'1000 SO`MLIK IChIGA YaShIRILGAN "OG`U"'ning rasmi

2017 yilning 13 avgust kuni, soat taxminan 13:00 larda, ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan Bektemir tumani hududida joylashgan “Sharq” YPH maskanida o`tkazilgan tadbir davomida, “Kobalt” rusumli avtomashina to`xtatilib, yo`lovchisi Baxromxo`jaev Saidazim Saidaziz o`g`li tekshirilganda, undan og`irligi 1,42 gramm bo`lgan "marixuana" giyohvandlik vositasi aniqlanib olingan. Bu haqda Toshkent shahar IIBBxabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi (giyohvandlik vositalarini o`tkazish maqsadini ko`zlamay, qonunga xilof ravishda saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo`zg`atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar