Qozog`iston Respublikasi mudofaa vaziri Saken Jasuzakov boshchiligidagi delegasiya 17-18 avgust kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo`ladi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.
Tashrif davomida O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligida uchrashuv o`tkazish va ikki tomonlama hujjatlarni imzolash rejalashtirilgan.
Qozog`iston delegasiyasi, shuningdek, Samarqand shahridagi Hazrati Xizr majmuasida O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qiladi, boshqa tadbirlarda ishtirok etadi.






