Gvatemala poytaxtidagi “Ruzvelt” nomli kasalxonaga hujum uyushtirildi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.
Hujum oqibatida 7 kishi, shu jumladan 3 nafar qo`riqchi halok bo`ldi, 12 kishi (ulardan biri yosh bola) yaralandi. Bir guruh qurollangan jinoyatchilar kasalxonaga hujum qildi. Polisiya hujum qilgan jinoyatchilarning besh nafarini qo`lga oldi. Mamlakat prezidenti Jimmi Morales jinoyatchilarni qidirib topish tadbiri davom etayotganligini ma`lum qildi.
Kasalxonaga hujum uyushtirgan “Mara Salvatrucha” guruhi Markaziy va Shimoliy Amerikadagi eng ashaddiy jinoiy to`dalardan biri hisoblanadi. Ba`zi bir ma`lumotlarga ko`ra, guruhdagi jinoyatchilar soni 70 ming nafardan oshiqdir.






