Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonga doirachi ayollarning ortiqcha hayajonlanishlari yoqmadi. Shu bois, Tojikiston rahbari xotin-qizlar raisini ishdan oldi, deb xabar berdi Ru.sputnik-tj.com nashri.
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon musiqachilarning omadsiz chiqishi tufayli amaldor ayolni ishdan haydadi.
Xabarda aytilishicha, o`tgan haftada Tojikiston rahbari Xatlon viloyatining Xuroson tumaniga tashrif buyurgan. An`anaga ko`ra, Rahmonni kichikroq konsert bilan kutib olishgan. Ammo prezident Emomali Rahmonga "Ochanjonxo" (Onajonlar) doirachi ansamblining chiqishi manzur bo`lmadi.
Doirachilarning xatolari uchun ansambl rahbari emas, balki tuman xotin-qizlar va oila masalalari raisi Ziyoda Salomova javob berdi. Ayol o`sha kuni ishdan olindi.
Doira chertayotgan ayollar ehtimol, qattiq hayajondan ritmga tusha olmadilar va Rahmon bundan qattiq norozi bo`ldi. Ziyoda Salomova o`zining lavozimdan ozod etilganidan xafa emasligini aytgan holda, musiqachilarning xatosi uchun ansambl rahbari javob berishi kerak edi, degan fikrni bildirgan.
Nashr xabariga ko`ra, Tojikistonda davlat rahbarining har bir tashrifiga astoydil tayyorgarlik ko`riladi.