Xitoylik tadbirkor yigit yo`qotgan nikoh uzugini topgandan keyin 5 ming nafar o`tkinchini bepul lag`mon bilan mehmon qildi, deb xabar berdi Tengrinews.kz
Guanchjou shahrida yashovchi tadbirkor yigit Chunsin shahriga sevgan qizining qo`lini so`rash uchun tashrif buyurgan edi. U qizga sovg`a qilish uchun narxi 300 ming yuan (45 ming dollarga yaqin) ga teng bo`lgan uch karatli, ko`zi olmosdan bo`lgan uzuk sotib oldi. Biroq sovg`a solingan sumkani o`zi ovqatlangan qahvaxonada unutib qoldirdi. Qahvaxonaga tashrif buyurgan mijozlardan biri sumkani topib olib, uni qahvaxona menejeriga berdi. Menejer ham o`z navbatida tadbirkor yigitni qidirib topib, sumkani unga qaytardi.
Ertasi kuni yigit Chunsin shahrida diyonatli, halol insonlar yashashini, ularning yordamida maqsadiga erishganligini, sevgan qizi turmushga chiqishga roziligini ma`lum qildi. Yigit mazkur sanani nishonlash niyatida qahvaxonadan 5 ming porsiya lag`mon sotib olib, uni o`tkinchilarga ulashdi. Lag`mon eyishni istovchilar turgan navbatning uzunligi yuz metrni tashkil etdi.






