Prezident Shavkat Mirziyoev bugun,18 avgust kuni Bekobod shahriga tashrif buyurdi. Prezident tashrifini “O`zbekiston metallurgiya kombinati» AJ faoliyati bilan tanishishdan boshladi, deb yozadi O`zA.
Mazkur kombinat mamlakatimizning eng yirik ishlab chiqarish ob`ektlaridan biri hisoblanadi. 1944 yilda tashkil etilgan korxonada qora metall parchalari va chiqindalarni qayta ishlash, tayyor prokat mahsulotlari, sirlangan idishlar va boshqa xalq iste`moli mahsulotlari ishlab chiqaradi.
Korxonada yangi yirik loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo`lib, Prezidentimiz mazkur loyihalar bilan tanishmoqda.






