Rossiyaning Birinchi kanalidagi mashhur teleboshlovchilaridan yana biri ishsiz qoldi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.
Gap “Poka vse doma” ko`rsatuvining teleboshlovchisi Temur Kizyakov haqida ketmoqda. Hozirda mazkur ko`rsatuvning suratga olish ishlari to`xtatilgan. Bunga teleboshlovchining dekabr oyida janjal markazida qolganligi sabab bo`ldi. Temur Kizyakov ko`rsatuvning xayriya qismini qo`shimcha ravishda moliyalashtirganlikda ayblangan edi. Aniqlanishicha, etim bolalar aks etgan videolar katta pul turgan. Ularning har biriga 100 ming rubldan sarflanib, ko`rsatuv xalq ta`limi vazirligidan grant tarzda o`n million rubl olgan.
Temur Kizyakov ayni paytda boshqa xayriya tashkilotlari bilan ham sudlashayotgani ma`lum bo`ldi. Birinchi kanal rahbariyati va Temur Kizyakov mazkur holatga izoh bermadi. “Poka vse doma” ko`rsatuvi 1992 yildan beri har yakshanba kuni efirga uzatilib kelgan. Bu ko`rsatuv Birinchi kanalning tashrif qog`ozi edi. Temur Kizyakov esa ko`rsatuvning doimiy boshlovchisi bo`lib kelgan.
Ilgari Birinchi kanalni mashhur teleboshlovchilar Andrey Malaxov va Aleksandr Oleshkolar ham tark etganligi haqida xabar bergan edik.