Prezident Shavkat Mirziyoev Bekobod shahrining bosh rejasi loyihasi bilan tanishdi, deb xabar beradi O`zA.
Loyihada, jumladan, “O`zbekiston metallurgiya kombinati” AJ hamda “Bekobod sement zavodi” ishchilari uchun arzon uy-joylar qurish ko`zda tutilgan.
Davlatimiz rahbari mazkur uy-joylar atrofida bog` va aholiga ijtimoiy xizmat ko`rsatish ob`ektlarini barpo etish, bir so`z bilan aytganda mo``jaz shaharcha barpo etish bo`yicha ko`rsatmalar berdi. Shaharchani tez va qisqa fursatlarda bunyod etish kerakligini ta`kidlab, unga “Mustaqillikning 27 yilligi massivi” deb nom berishni taklif qildi.
Prezidentimiz, shuningdek, aholiga yanada ko`proq qulaylik yaratish maqsadida Toshkent va Bekobod shaharlari oralig`ida elektrichka qatnovini yo`lga qo`yish bo`yicha topshiriq berdi.






