AsosiyJamiyat

BEKOBOD VA OLMALIQ ShAHARLARI RAHBARLARI QULAY TURMUSh TARZINI YaRATISh BO`YIChA MUSOBAQALAShADI

'BEKOBOD VA OLMALIQ ShAHARLARI RAHBARLARI QULAY TURMUSh TARZINI YaRATISh BO`YIChA MUSOBAQALAShADI'ning rasmi

Shavkat Mirziyoev Bekobod shahri faollari va rahbarlariga aholi uchun eng qulay turmush sharoitlarini yaratish bo`yicha Olmaliq shahri bilan musobaqalashishni taklif etdi, deb yozadi O`zA.

Musobaqa shartlari uy-joy kommunal xo`jaligi faoliyatini yaxshilash, ijtimoiy infratuzilma, tibbiyot muassasalarini rivojlantirish, yangi ish o`rinlarini yaratish, o`rtacha ish haqi ko`rsatkichlarini oshirish kabi yo`nalishlar bo`yicha bo`ladi. Davlatimiz rahbarining ushbu tashabbusi asosida shaharlarning o`zaro musobaqalashuvi odamlar hayoti uchun munosib sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.

Shavkat Mirziyoev Bekobod shahri va Bekobod tumanida bolalarni maktabgacha ta`lim muassasalari bilan to`liq qamrab olish, bu tajribani mamlakatimizning boshqa hududlariga tatbiq etish lozimligini ta`kidladi.

    Boshqa yangiliklar