AsosiyDunyo

​BARSELONADAGI TERAKTDA AVSTRALIYaLIK 7 YoShLI BOLA YO`QOLDI

'​BARSELONADAGI TERAKTDA AVSTRALIYaLIK 7 YoShLI BOLA YO`QOLDI'ning rasmi

Avstraliya Tashqi ishlar vazirligi bergan ma`lumotga ko`ra, Barselona shahrida ro`y bergan teraktda 4 nafar Avstraliya fuqarosi jabrlangan, 7 yoshli bola bedarak yo`qolgan, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.

Barselona markazidagi teraktda avstraliyalik 7 yoshli bola yo`qoldi, uning onasi terakt oqibatida jiddiy jarohat olganligi tufayli og`ir ahvolda kasalxonada yotibdi. Bu haqda Avstraliya bosh vaziri Malkolm Ternbull xabar berdi.

“Jiddiy tan jarohati olgan, ayni paytda og`ir ahvolda yotgan avstraliyalik ayolning 7 yoshli o`g`li Barselonada yo`qolgan. Hammamiz uning haqi uchun duo qilishimiz lozim”, dedi u.

Eslatib o`tamiz, 17 avgust kuni Barselona shahrida furgon avtomashinasi piyodalarni bosib ketgan edi. Mazkur voqeani Ispaniya hukumati terakt, deb atadi. Teraktda 14 kishi halok bo`ldi, 130 nafardan ortiq odam jabrlandi. Terakt mas`uliyatini “Islom davlati” terrorchilik guruhi o`z bo`yniga oldi.

    Boshqa yangiliklar