Toshkentda qiz-nevarasiga tegajoqlik qilgan shaxs qizning yigiti tomonidan o`ldirildi.
Bu haqda “O`zbekiston 24” telekanali xabar berdi, deb yozadi “Daryo”.
Xabar berishlaricha, yigitga uning do`sti ham “yordam bergan” — ikki yigit qizning bobosini urib va bo`g`ib o`ldirib, uning gilamga o`ralgan jasadini boloxonada qoldirgan.
Gumonlanuvchilar O`rta Chirchiq tumanining tog`li dam olish joyida qo`lga olingan. Tergov ma`lumotlariga ko`ra, qiz 2000 yilda tug`ilgan, har ikkala yigit esa 1997 yilda tavallud topgan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan, tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






