Qozog`iston respublikasi chegara qo`shinlari xodimlari Bolgariya fuqaroligini tasdiqlovchi qalbaki pasportlari bo`lgan, Buyuk Britaniyaga chiqib ketishni rejalashtirgan 2 nafar suriyalik fuqaroni oldi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.
“Ostona” chegara nazorati bo`limi xodimlari Ostona-London reysi bo`yicha uchayotgan Bolgariya pasportiga ega bo`lgan ikki nafar fuqaroning pasportlarini tekshiruvdan o`tkazganda, pasportlarning qalbaki ekanligi, ular Bolgariya emas, balki Suriya fuqarolari ekanliklari aniqlangan.
Qo`lga olingan shaxslarning so`zlariga qaraganda, ular yaxshi hayot kechirish uchun Buyuk Britaniya sari yo`l olishgan. Jinoyatchilar qo`lgan olingani haqida tegishli organlarga ma`lumot berildi.