O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Hindistonda yuz bergan kuchli suv toshqinlari hamda Uttar-Pradesh shtatida sodir bo`lgan temir yo`l halokati oqibatida ko`plab insonlarning qurbon bo`lgani va jarohat olgani munosabati bilan Hindiston Respublikasi Prezidenti Ram Nath Kovindga chuqur hamdardlik bildirdi.
Ma`lumot uchun, 19 avgust kuni Hindistonning shimolida yuz bergan kuchli suv toshqini oqibatida yuzlab insonlar jabr ko`rgan.
Bundan tashqari, o`sha kuni mamlakatda yuz bergan yirik temiryo`l halokati oqibatida 23 nafar kishi halok bo`lgan.






