Belgiyada avtomobil haydovchisi kecha o`tkazayotgan odamlarni qasddan bosib ketdi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.
Voqea 20 avgustga o`tar kechasi Belgiyaning Lyuksemburg provinsiyasidagi Assenua shahrida ro`y berdi. Prokuratura bergan xabarga ko`ra, avtomobilda haydovchidan tashqari yana ikki kishi bo`lgan. Ular odamlarni qasddan bosgan.
Oqibatda to`rt kishi tan jarohati oldi, ularning biri og`ir ahvolda kasalxonaga yotqizildi. Voqea guvohlarining zudlik bilan polisiyaga xabar berganligi tufayli, hodisa yuz bergandan keyin bir soat o`tgach, jinoyatchilar qo`lga olindi.
Prokuratura bergan ma`lumotga ko`ra, mazkur hodisa terakt, deb baholanmagan.






