Barchaga ma`lumki, joriy yilning 9 sentyabr kuni Toshkent shahridagi muhtasham “Bunyodkor” stadionida “Asian Fight - 2017” xalqaro sport turniri tashkil etilmoqda.
Tashkilotchilar: O`zbekiston Penchak silat federasiyasi va “Sunrise Entertainment” mas`uliyati cheklangan jamiyati
Axborot hamkorlari (turnirni eksklyuziv tarzda tele va radio efirda hamda internet tarmog`ida yoritish huquqi berilgan OAV): “Milliy” telekanali, “Oriat Dono” va “Oriat FM”radiostansiyalari, Championat.asia va Olamsport.com saytlari.
Akkreditasiyadan o`tish uchun www.sunriseentertainment.uz saytiga kirib, akkreditasiya bo`limidan o`rin olgan onlayn-arizani to`ldirish zarur bo`ladi. Shundan keyin turnir Axborot xizmati vakillari Siz bilan bog`lanadi.
Akkreditasiyadan rasman o`tish uchun onlayn-arizadan tashqari quyidagi hujjatlartopshirilishikerak:
- Ish joyidan rasmiy xat;
- akkreditasiyadan o`tuvchi xodimning pasport nusxasi;
- 4 dona rangli fotosurat (3x4)
Turnirni yoritishga ruxsat beriladigan OAV soni cheklangan:
- har bir gazeta va jurnaldan 2 nafar;
- har bir radiostansiyadan 2 nafar;
- har bir internet saytlaridan 2 nafar;
- har bir telekanaldan 4 nafar xodim ro`yxatdan o`tadi.
Izoh: O`zbekiston hududidagi barcha mustaqil jurnalistlar ham akkreditasiyadan o`tishlari mumkin.
“Asian Fight - 2017” xalqaro sport turniri doirasida o`tkaziladigan tadbirlar:
- birinchi matbuot anjumani (29 avgustga rejalashtirilmoqda, hujjatlarni shu kuni olib kelsangiz ham bo`ladi);
- ikkinchi matbuot anjumani (faxriy mehmonlar ishtirokida, sana aniq emas);
- master klasslar (Jan Klod Van Damm, Jeff Monson va Fyodor Emelyanenkolar ishtirokida, sana aniq emas);
- “Asian Fight - 2017” (“Bunyodkor” stadionida 9 sentyabr kuni soat 18.00 da boshlanadi)
Akkreditasiyadan o`tish jarayoni 1 sentyabr kuniga qadar davom etadi.
Batafasil ma`lumot uchun:






