AsosiyJamiyat

​XAYRULLA HAMIDOV O`ZMTRKNING "SPORT" TELEKANALIGA QAYTDI

'​XAYRULLA HAMIDOV O`ZMTRKNING "SPORT" TELEKANALIGA QAYTDI'ning rasmi

Taniqli sport sharhlovchisi Xayrulla Hamidov O`zMTRKning «Sport» telekanaliga qaytdi.Uzoq tanaffusdan so`ng, Hamidov 19 avgust kuni, shanba kuni telekanal orqali futbol uchrashuvini sharhlab bordi, deb yozadi "Daryo".

19 avgust, shanba kuni 21:00 dan to`g`ridan-to`g`ri efirda namoyish etilgan (o`yin Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlangan) «Yuventus» va «Kalyari» jamoalari o`rtasidagi uchrashuvni Xayrulla Hamidov hamkasbi Zohid Karimov bilan birga sharhladi.

Ma`lumot uchun, Xayrulla Hamidov 1999—2006 yillarda ham O`zbekiston televideniesi, xususan, «Sport» telekanalida faoliyat ko`rsatgan, o`zining sharhlari va futbolga bag`ishlangan ko`rsatuvlari bilan tanilgan edi.

Xayrulla Hamidov o`z vaqtida futbolga ixtisoslashgan «O`zbekiston futboli», «Futbol», «Pressbol», «Interfutbol», «Chempion» gazetalari, «FIFA» jurnali va boshqa nashrlar bilan hamkorlik qilgan. So`nggi vaqtlarda «Oriat-Dono» radiosining «Futbol plyus» dasturida qatnashib kelayotgan edi.

    Boshqa yangiliklar