AsosiyDunyo

​AQSh VA JANUBIY KOREYa HAMKORLIKDA HARBIY MAShQLARNI O`TKAZADI

'​AQSh VA JANUBIY KOREYa HAMKORLIKDA HARBIY MAShQLARNI O`TKAZADI'ning rasmi

Vashington bergan ma`lumotga ko`ra, bu Koreya yarim orolidagi barqarorlikni ta`minlaydi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

AQSh va Janubiy Koreya dushanba, 21 avgust kuni Ulchi Freedom Guardian qo`shma harbiy mashqlarni boshlaydi. Mashqlar kamida 31 avgustga qadar davom etadi. Ta`kidlanishicha, ular har yili quruqlikda, dengizda va havoda o`tkaziladi, bu esa Pxenyanning salbiy munosabatini keltirib chiqarmoqda. KXDRdagilarning ishonch bildirishicha, bu mashqlar o`z hududlariga qurolli tarzda bostirib kirishga tayyorgarlikdan boshqa narsa emas.

O`z navbatida, Vashington va Seul mashqlar mudofaa ko`rinishiga ega ekani hamda KXDRni «bosib turishda» muhim o`rin tutishini iddao etmoqda.

AQSh mashqlarda taxminan 40 ming nafar harbiy xizmatchidan foydalanishni ko`zda tutgan.

    Boshqa yangiliklar