AsosiyJamiyat

​MIROBOD DEHQON BOZORIDA HAM PULNI NAQDLAShTIRIB BERUVChI BANKOMAT PAYDO BO`LDI

'​MIROBOD  DEHQON BOZORIDA HAM PULNI NAQDLAShTIRIB BERUVChI BANKOMAT PAYDO BO`LDI'ning rasmi

ATB «Qishloq qurilish bank» tomonidan Toshkent shahar Miribod tumanidagi Mirobod dehqon bozori hududida naqd pul olish imkoniyatini beruvchi bankomat joylashtirildi. Bu haqda bank axborot xizmati xabar bermoqda.

Poytaxtimizdagi Mirobod dehqon bozori hududida joriy yilning 14 avgust kunidan sinov tariqasida naqd pul olish imkonini beruvchi tegishli dasturlar o`rnatilgan bankomat ishga tushirildi.

Endilikda mazkur bankomat orqali bir kunda bitta plastik kartadan jami 100 ming so`mgacha bo`lgan naqd pul echib olinishi mumkin bo`ladi. Bankomatga 1 000, 5 000 va 10 000 so`mlik kupyuralar joylashtirilgan. Plastik kartadan naqd pul echib olish jarayoni uchun taxminan 1,5-2 daqiqa sarflanadi.

Yuqoridagi bank xizmati uchun plastik karta egasidan komissiya to`lovlari undirilmaydi. Bankomatlar Uzcard tizimiga ulangan istalgan bank plastik kartasini qabul qiladi.

    Boshqa yangiliklar