Kubaning Pinar-del-Rio provinsiyasida yashovchi fermerning cho`chqasi maymunsifat cho`chqachani dunyoga keltirdi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.
Maymunsifat cho`chqaning bir ko`zi bo`lib, tanasi jigarrang jun bilan qoplangan. G`alati hayvon mahalliy aholi o`rtasida mashhur bo`ldi, uni tomosha qilish uchun qo`shni qishloqlardan ham odamlar yopirilib kelmoqda.
Maymunsifat cho`chqachaning qolgan opa-ukalari unga o`xshamaydi, ular oddiy cho`chqachalardir. Veterinarlarning ma`lumot berishicha, cho`chqacha genetik mutasiyaga uchragan. G`alati cho`chqacha o`zini yaxshi his qilib, opa-ukalari bilan birga ulg`aymoqda.






