“Suvsoz” Davlat Unitar Korxonasi, Farg`ona yo`li ko`chasida ko`prik qurilishi sababli, ichimlik suv tarmog`ini sayta qurish va ulash ishlari olib borish munosabati bilan 22 avgust 2017 yil soat 00:00 dan 23 avgust 2017 yil soat 05:00 gacha ichimlik suv ta`minoti to`xtalishi yoki suv bosimi pasayishi kuzatilishi haqida ma`lum qiladi.
Ichimlik suv ta`minoti to`xtatiladigan va suv bosimi pasayadigan manzillar ro`yxati:
Mirobod tumani bo`yicha:
- Salar maxallasi: 1-tor Nukus ko`chasida
-Tong Yulduzi maxallasi: Mexrjon, Qo`shko`prik ko`chalarida va Inokobod ko`chasi tor ko`chalari bilan.
- Ruhiy kasalliklar kasalxonasi
- 4-sonli Tug`ruqxona
- Xarbiy Prokratura
- Qon quyish laboratoriyasi
- Bolalar ruxiy kasalliklari sanatoriyasi
- Teri kasalliklar kasalxonasi
Yashnobod tumani bo`yicha:
- Cho`lpon maxallasi: 9 qavatli uylar 2dona, 4 qavatli uylar 11dona
- Jo`rabek maxallasi: Farg`ona yo`li ko`chasi 23
- Ma`rifat maxallasi: Boku ko`chasi tor ko`chalari bilan, Qashqadaryo ko`chasi tor ko`chalari bilan, Osh, Sulton Sanjar, Mirg`ob, Ma`ruf, Farg`ona yo`li ko`chalari
- Shironobod maxallasi: Osh ko`chasi tor ko`chalari bilan, Ma`ruf ko`chasi tor ko`chalari bilan, Suv bo`yi, Axsikat ko`chalari
Keltirilgan noqulayliklar uchun “Suvsoz” DUK korxonasi uzr so`raydi.
Suv bo`lmagan joylarga suv tashuvchi maxsus avtomashinalar (vodovozlar) yuboriladi.






