Los-Anjeles sudi Johnson & Johnson farmasevtik korporasiyasi zimmasiga uning mahsulotini ishlatgandan keyin saratonga chalingan ayolga 417 mln dollar tovon puli to`lash haqida hukm chiqardi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.
Mazkur tovon puli miqdori bunday ishlar uchun rekord ko`rsatkich hisoblanadi.
Sudning ma`lumot berishicha, kompaniya o`zi ishlab chiqargan mahsulotlarni qo`llaganda, saratonga chalinish xavfi borligidan iste`molchilarni o`z vaqtida ogohlantirmagan.
Ta`kidlanishicha, AQShda minglab odamlar kompaniyaga qarshi shunday da`vo arizalari bilan sudga murojaat qilishgan.
Avvalroq Sent-Luis sudi ushbu kompaniya zimmasiga saratonga chalingan ayolga 110 million dollar to`lab berish majburiyatini yuklagan edi.






