AsosiyJamiyat

​ShAYXONTOHUR TUMANIDA IKKI KIShINING JANJALI ULARDAN BIRINING O`LIMI BILAN YaKUNLANDI

'​ShAYXONTOHUR TUMANIDA IKKI KIShINING JANJALI ULARDAN BIRINING O`LIMI BILAN YaKUNLANDI'ning rasmi

2017 yilning 19 avgust kuni taxminan soat 22:00 da, Ashrabov Akrom Abdugapparovich, Shayxontohur tumani, Gulobod dahasidagi salqin ichimliklar savdosi amalga oshiriladigan joyda bo`la turib, fuqaro Muratov Rixsivoy Ishmatovich bilan o`rtalarida kelib chiqqan o`zaro janjal oqibatida, unga o`tkir tig`li jism bilan og`ir tan jarohati etkazgan. Natijada u “ko`krak qafasi soxasida ko`plab sanchilgan-kesilgan jaroxatlar, ichki qon ketishi” tashxisi bilan birinchi shahar klinik shifoxonasiga olib borilgan, deb xabar beradi Toshkent shahar IIBB.

Biroq, R.I.Muratov olgan tan jarohatlari oqibatida shifoxonaning jonlantirish bo`limida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tuman prokuraturasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o`ldirish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar