Hindiston Oliy sudi mamlakatda yashovchi musulmon erkaklarga rafiqasiga “uch taloq” berishni taqiqladi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.
“Hindistonlik musulmon ayollar 70 yil davomida taloq tufayli aziyat chekishdi. Bugungi kun tarixda qoladi. Dinidan qat`i nazar, barcha hindistonlik ayollar bizni xursandchilik bilan qo`llab-quvvatlamoqda” , deb mazkur qarorga izoh berdi ijtimoiy tashkilotlardan birining vakilasi bo`lgan Zakiya Soman.
Nashrning ma`lumot berishicha, oxirgi yillarda hindistonlik musulmonlar “uch taloq”, degan so`zni tez-tez ishlatadigan bo`lib qolgan, bu so`z hattoki SMS tarzida ham jo`natilgan.
“Uch taloq” so`zi Qur`onda ham, shariatda ham qoralangan. Mazkur so`z Pokistonda, Bangladeshda taqiqlangan. Hindistonda esa diniy urf-odat tufayli oilaviy masalalar hal etiladigan fuqarolik kodeksi mavjud emas.






