AsosiyJamiyat

​"O`TGAN KUNLAR" ROMANI INGLIZ VA FRANSUZ TILLARIGA TARJIMA QILINMOQDA

'​"O`TGAN KUNLAR" ROMANI INGLIZ VA FRANSUZ TILLARIGA TARJIMA QILINMOQDA'ning rasmi

Islom Karimov nomidagi Fond madaniy-ma`rifiy va ilmiy ommabop manbalar hamda o`zbek adabiyoti durdonalarini tarjima qilish va chop etishga grant ajratish orqali O`zbekistonning boy madaniy merosini asrash va targ`ib etishga hissa qo`shib kelmoqda, deyiladi fondning Facebook`dagi sahifasida.

Fond O`zbekistonning YuNESKOdagi doimiy vakolatxonasi bilan hamkorlikda atoqli o`zbek adibi Abdulla Qodiriyning “O`tgan kunlar” romanining ingliz va fransuz tillariga tarjimasiga bosh-qosh bo`lmoqda.

O`zbek romanchilik maktabining ilk namunasi sanalgan mazkur asar XX asr o`zbek adabiyotining chinakam durdonasi deya e`tirof etilgan. Salkam bir asr avval yozilgan roman hali-hamon o`zbek adabiyotining eng ko`p o`qiladigan asarlari sirasiga kiradi.

O`zbekistonning milliy ma`naviy boyligiga aylangan “O`tgan kunlar” romani xorijlik o`quvchilar orasida ham o`z muxlislariga ega bo`lsa ajab emas. Ayni choqda, asar xorij o`quvchisini o`zbek xalqining ma`naviy olami, yuksak badiiy tafakkuri va umrboqiy qadriyat va an`analariga oshno etadi.

    Boshqa yangiliklar