AsosiyJamiyat

TOShKENTNING YaNA 7 TA BOZORIDA BANKOMATLAR O`RNATILDI

'TOShKENTNING YaNA 7 TA BOZORIDA BANKOMATLAR O`RNATILDI'ning rasmi
Toshkent shahrining yana 7 ta bozorida pulni naqdlashtirib beradigan bankomatlar o`rnatildi, deb xabar berdi UZ24.


Ayni vaqtda «Askiya» va Bo`zbozorda («Ipoteka-bank»ga qarashli), «Aviasozlar», «Qoraqamish» va Sergeli dehqon bozorida (Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki), «Chilonzor» («Mikrokreditbank») va «O`rikzor» savdo majmuasida («Ipak yuli bank») bittadan bankomat ishlab turibdi.

NBU dan UZ24 ga xabar qilinishicha, bankomatlarga har kuni o`rtacha 30 mln so`m pul qo`yiladi.

«Mikrokreditbank» ma`lumotlariga ko`ra, bank yilning so`nggiga qadar O`zbekiston bo`ylab 15 ta bankomat o`rnatishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o`tamiz, Xalq banki tomonidan poytaxtning Oloy, Yunusobod va Qo`yliq bozorlarida bankomatlar o`rnatilgandi. Ushbu qurilma orqali bir kunda bitta kartadan 100 ming so`mgacha naqd pul echib olish mumkin, jarayon 1,5 – 2 daqiqa davom etadi.

    Boshqa yangiliklar