AsosiyJamiyat

QORAQALPOG`ISTONLIK QIZ BIRDANIGA TO`RTTA OTMGA O`QIShGA KIRDI

'QORAQALPOG`ISTONLIK QIZ BIRDANIGA TO`RTTA OTMGA O`QIShGA KIRDI'ning rasmi

QDU qoshidagi 3 sonli akademik liseyning matematika-ingliz tili yo`nalishini bitirgan qoraqalpog`istonlik Saodat Sadirbayeva ajoyib natija qayd etdi, deya yozmoqda Qoraqalpog`iston xabar agentligi.

Saodat bu yil bir yo`la to`rtta OTMga, ya`ni: Turin politexnika universitetining (Italiya), Vestministr universitetining (Buyuk Britaniya), Inha universitetining (Koreya) Toshkent filiallariga va Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Toshkent filialiga to`lovli kontrakt asosida o`qishga kirish baxtiga sazovor bo`lgan.

– Hujjat topshirishda hech qanday muammo bo`lmadi. Informasion-texnologiyalariga qiziquvchiligim va shu yo`nalishda olgan bilimim asosida bir paytning o`zida «onlayn registrasiya» rejimida nomi atalgan o`quv o`rinlariga shaxsiy kompyuterimda internet tarmog`i orqali hujjatlarimni topshirgan edim. Test sinovlarida esa, har bir bilim maskanining test sibovlari bo`lib o`tadigan kunining izma-izligini belgilangan vaqtda bo`lib o`tgani biz uchun yanada qulay bo`ldi. Tanlov masalasida men hech ikkilanmasdan Inha universitetining Toshkent filialini tanladim», – deydi deydi Saodat Sadirbaeva.

    Boshqa yangiliklar