AsosiyDunyo

"PUST GOVORYaT" TOK-ShOUSINING YaNGI BOShLOVChISI KO`RSATUV MEHMONINI STUDIYaDAN HAYDADI (VIDEO)

'"PUST GOVORYaT" TOK-ShOUSINING YaNGI BOShLOVChISI KO`RSATUV MEHMONINI STUDIYaDAN HAYDADI (VIDEO)'ning rasmi

Rossiya televideniesi Birinchi kanali "Pust govoryat" tok-shousining yangi boshlovchisi Dmitriy Borisov ukrainalik siyosatchi Dmitriy Suvorovni studiyadan chiqarib yubordi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.

Ko`rsatuv mehmoni ukrainalik mehmon Dmitriy Suvorov Ukraina Oliy radasining sobiq deputati Irina Berejnoyning o`limi haqida beadab so`zlarni aytgandan keyin boshlovchi undan studiyani tark etishni so`radi. Ko`rsatuvning janjalli kadrlari aks etgan video Birinchi kanalning saytiga joylashtirildi. Suvorov studiyadan chiqib ketayotganda tomoshabinlar uning ortidan “Sharmanda!”, “Yo`qol!”, deb qichqirishdi.


    Boshqa yangiliklar