AsosiyJamiyat

​SAMARQANDDA YIRIK XALQARO ILMIY KONFERENSIYa BO`LIB O`TADI

'​SAMARQANDDA YIRIK XALQARO ILMIY KONFERENSIYa BO`LIB O`TADI'ning rasmi

Samarqand shahrida 28 avgust kuni “Jahon tamadduni tarixida Markaziy Osiyo Renessansi” mavzuida xalqaro ilmiy konferensiya bo`ladi.

Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Konferensiya Markaziy Osiyo olim va mutafakkirlarining tarixiy merosini chuqur o`rganish va anglash, jahon jamoatchiligini ularning aniq, tabiiy fanlar va islom ilmlari rivojiga qo`shgan hissasi bilan kengroq tanishtirish, ilmiy markazlar va olimlar o`rtasida hamkorlikni rivojlantirish maqsadida o`tkazilmoqda. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 iyuldagi farmoyishiga muvofiq ushbu anjumanga katta tayyorgarlik ko`rilmoqda.

Konferensiyada Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg`oniy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Mahmud Zamaxshariy, Mirzo Ulug`bek, Alisher Navoiy va boshqa mutafakkirlarning ilm-fan rivojiga qo`shgan hissasi, Imom Buxoriy, Burhoniddin Marg`inoniy, Imom Termiziy, Abu Mansur Moturidiy kabi ulamolarning ma`naviy merosi tahliliga alohida e`tibor qaratiladi.
Mamlakatimiz va xorijdagi etakchi olimlarning ma`ruzalarida Markaziy Osiyoda IX-XII va XIV-XV asrlarda ro`y bergan ilmiy-madaniy uyg`onish davrining turli jihatlari keng yoritiladi.
Anjumanda YuNESKO, IHT, AYSESKO, IRSIKA kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar, diplomatik korpus vakillari, jahonning yirik muzeylari, ilm-fan va ta`lim muassasalari vakillari ishtirok etishi rejalashtirilgan. Konferensiya yakunida tezislar to`plami chop etilishi mo`ljallangan.

    Boshqa yangiliklar