AsosiyJamiyat

​ChILONZORDAGI "ERKIN" BLOK POSTIDA QIDIRUVDAGI JINOYaTChI UShLANDI

'​ChILONZORDAGI "ERKIN" BLOK POSTIDA QIDIRUVDAGI JINOYaTChI UShLANDI'ning rasmi

2017 yilning 21 avgust kuni, ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, Chilonzor tumani hududida joylashganErkinblok postida, O`zbekiston Respublikasi JKning 228-moddasi 2-qismiabandida ko`rsatilgan (Soxtalashtiruvchining o`zi yoki boshqa shaxs foydalanishi maqsadida muayyan huquq beradigan yoki majburiyatdan ozod etadigan rasmiy hujjatlarni tayyorlashi, qalbakilashtirish ) jinoyatini sodir etganligi uchun 2017 yil 3 avgust kuni Chilonzor tumani IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan qidiruv e`lon qilingan Sirojov Valijon Muxiddinovich ushlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBBxabar bermoqda.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar