Afg`onistonning janubidagi Gilmand provinsiyasining ma`muriy markazi bo`lgan Lashkargohda ro`y bergan portlash oqibatida 5 kishi halok bo`ldi, 40 ga yaqin odam yaralandi, deb xabar berdi Russian.rt.com nashri.
Nashrning xabar berishicha, portlash polisiya uchastkasining oldida ro`y bergan. Jabrlanganlarning asosiy qismi mahalliy aholi vakillaridir. Portlash mas`uliyatini “Tolibon” jangarilar harakati o`z bo`yniga oldi.