AsosiyJamiyat

​FAN, TEXNIKA, ADABIYoT, SAN`AT VA ME`MORChILIK NAMOYoNDALARI DAVLAT MUKOFOTLARI BILAN TAQDIRLANADI

'​FAN, TEXNIKA, ADABIYoT, SAN`AT VA ME`MORChILIK NAMOYoNDALARI DAVLAT MUKOFOTLARI BILAN TAQDIRLANADI'ning rasmi

"O`zbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san`at va me`morchilik sohasidagi Davlat mukofotlarini berish to`g`risida" O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniimzolandi.

O`zbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san`at va me`morchilik sohasidagi Davlat mukofotlarini berish to`g`risida

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni


O`zbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san`at va me`morchilik sohasidagi Davlat mukofotlarini ta`sis etish to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 25 iyulda qabul qilingan PF-3781-sonli Farmoni va O`zbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san`at va me`morchilik sohasidagi Davlat mukofotlari kengashining 2017 yilgi Davlat mukofotlari bo`yicha taklifiga binoan mamlakatimiz ilm-fani, adabiyoti va san`atini rivojlantirishga qo`shgan salmoqli hissasi, jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnik va ma`naviy-ma`rifiy hayotida alohida e`tiborga sazovor bo`lgan, xalqaro miqyosda e`tirof etilgan fundamental tadqiqotlari, zamon talablariga javob beradigan yuksak, mazmunan dolzarb ijodiy ishlari uchun

Birinchi darajali davlat mukofotlari quyidagilarga berilsin:

fan va texnika sohasida (fan va texnika sohasida ko`zda tutilgan 1 ta birinchi darajali Davlat mukofoti o`rniga 2017 yil uchun istisno tariqasida 2 ta birinchi darajali mukofot berilishi belgilansin):

– Ayupov Shavkat Abdullaevich, Kudaybergenov Karimbergen Kadirbergenovich, Omirov Bahrom Abdazovich, Roziqov O`tkir Abdullaevichga – “Noassosiativ algebralar, differensiallash va nochiziqli dinamik sistemalar nazariyalarini rivojlantirish” fundamental tadqiqoti uchun;

– Inoyatova Flora Ilyasovna, Ahmedova Dilorom Ilhomovna, Amonov Shavkat Ergashevichga – “Og`ir eshitish zaifligi va karligi bo`lgan bolalarning reabilitasiyasi” amaliy tadqiqoti uchun;

adabiyot sohasi bo`yicha:

– Qodirov Pirimqulga (marhum) – “Amir Temur siymosi” va “Til va el” asarlari uchun;

san`at va me`morchilik sohasi bo`yicha:

– Matyoqubov Otanazarga – o`zbek klassik musiqasining tarixi, nazariy asoslari va zamonaviy jarayonlarga ta`siri haqidagi tadqiqotlar turkumi. “Maqomot”, “Buxoro Shashmaqomiga yana bir nazar”, “Xorazm nota yozuvining tarixi va tamoyillari”, “O`zbek klassik musiqasi asarlari” (ikki tomli, o`zbek va rus tillarida) kabi musiqashunoslikka oid asarlar majmuasi uchun.

Ikkinchi darajali davlat mukofotlari quyidagilarga berilsin:

fan va texnika sohasida:

– Tillashayxov Mirzag`olib Nig`matovich, Parpieva Nargiza Nusratovna, Beloserkoves Vera Georgievnaga – “O`zbekiston Respublikasida aholiga ko`rsatiladigan silga qarshi xizmatni takomillashtirishning fundamental asosini yaratish” amaliy tadqiqoti uchun;

adabiyot sohasi bo`yicha:

– Saidov Sirojiddin Salohovich (Sirojiddin Sayyid)ga – “Ochil, ey gul, ki bo`ston vaqti bo`ldi” kitobi uchun;

san`at va me`morchilik sohasi bo`yicha:

– Shoyoqubov Shoxalil Karimovichga – “Zamonaviy O`zbekiston miniatyurasi” (o`zbek, rus va ingliz tillarida) kitob-albomi uchun.



O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYoEV

Toshkent shahri, 2017 yil 23 avgust

    Boshqa yangiliklar