AsosiyJamiyat

​BOSh VAZIR O`RINBOSARI LAVOZIMIDAN OZOD ETILGAN ULUG`BEK RO`ZIQULOV YaNGI LAVOZIMGA TAYINLANDI

'​BOSh VAZIR O`RINBOSARI LAVOZIMIDAN OZOD ETILGAN ULUG`BEK RO`ZIQULOV YaNGI LAVOZIMGA TAYINLANDI'ning rasmi

"O`zavtosanoat"ning sobiq rahbari Ulug`bek Ro`ziqulov "O`zbekiston havo yo`llari" milliy aviakompaniyasi bosh direktori etib tayinlandi.

Bu haqda "Daryo" xabar bermoqda.

Bungacha "O`zbekiston havo yo`llari" milliy aviakompaniyasiga Valeriy Tyan rahbarlik qilib kelayotgan edi. U 2002 yil iyunida aviakompaniya bosh direktori etib tayinlangan edi.

Eslatib o`tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoevning 23 avgustdagi farmoni bilan Ulug`bek Ro`ziqulov O`zbekiston bosh vazir o`rinbosari — "O`zavtosanoat" boshqaruvi raisi lavozimidanozod etilgan edi.

    Boshqa yangiliklar