AsosiyJamiyat

​MAJBURIY IJRO BYuROSI XODIMLARIGA XIZMAT MAShINALARI TOPShIRILDI

'​MAJBURIY IJRO BYuROSI XODIMLARIGA XIZMAT MAShINALARI TOPShIRILDI'ning rasmi

Joriy yilning 16 avgust kuni Bosh prokuratura xuzuridagi Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar boshqarmasining tuman bo`limlari boshliqlariga xizmat avtomobillari va tumanlarda xizmat qilayotgan davlat inspektorlariga moped ulovlari topshirildi.

Ushbu tadbirda Majburiy ijro byurosining direktori B.Qudratxodjaev, Toshkent shahar prokurori Sh.Obloqulov hamda Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda B.Qudratxodjaev Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar boshqarmasining tuman bo`limlari boshliqlariga byuroning logotipi tushirilgan Neksiya rusumli xizmat avtomobillarining va davlat inspektorlariga moped ulovlarining kalitlarini tantanali ravishda topshirdi.

Davlatimiz tomonidan ko`rsatilayotgan bunday e`tibor hech bir soha kasb egalarini befarq qoldirmaydi. Qolaversa, yuqorida ta`kidlaganimizdek, har qanday g`amxo`rlik har bir soha vakilini to`lqinlantiradi va bildirilgan ishonchni oqlashga undaydi.

Boshqa yangiliklar