AsosiyJamiyat

ShERZOD QUDRATXO`JAEV: XALQARO PRESS KLUB O`Z FAOLIYaTINI DAVOM ETTIRMOQDA. U HECh QAChON TO`XTAMAGAN

'ShERZOD QUDRATXO`JAEV: XALQARO PRESS KLUB O`Z FAOLIYaTINI DAVOM ETTIRMOQDA. U HECh QAChON TO`XTAMAGAN'ning rasmi

Hafta boshida ayrim OAVlarda xalqaro press-klub o`z faoliyatini to`xtatgani haqida ma`lumotlar tarqatildi. Xalqaro press-klub raisi Sherzod Qudratxo`jaev Facebook`dagi sahifasida mazkur gap-so`zlarga oydinlik kiritdi.

"Hurmatli hamkasblar, aziz do`stlar!

Shu kunlarda mening internetdagi shaxsiy manzilimga va ijtimoiy tarmoqlarga turli xat va xabarlar kelmoqda.
Shu munosabat bilan alohida ta`kidlamoqchimanki, bitta kichik voqea atrofida Xalqaro Press klub va O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi faoliyati doirasidan chiqib ketayotgan asossiz gap so`zlar tarqatilib, noto`g`ri talqin qilinmoqda.
O`zbekistonda tarixan qisqa davrda shiddatli va keng ko`lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Har bir soha tubdan modernizasiya bosqichidan o`tmoqda. Xalq bilan samimiy va ochiq muloqot olib borilmoqda.
Davlat va nodavlat tashkilotlari bugun mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan boshlangan islohotlarning izchilligini ta`minlash maqsadi atrofida birlashgan.
Aynan mana shu uyg`unlik jamiyatimizda yangi davr boshlanganidan darak beradi.
Bu islohotlarni amalga oshirishda bugun Prezident komandasi:
Bosh vazir, vazirlar, hokimlar, tadbirkorlar, ijod ahli, fermerlar, yoshlar, umuman jamiyatimizning barcha qatlamlarini qamrab olgan. Xalqaro Press klub NNT ham o`zini mana shu katta komandaning a`zosi deb biladi. Shuning uchun ham u davlat va nodavlat tashkilotlari bilan yaqin hamkorlik o`rnatgan.
O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Aripov Xalqaro Press klub tashkil bo`lganidan to shu kungacha uni qo`llab - quvvatlab kelmoqda. Tashkiliy masalalarni hal etishda yaqindan yordam ko`rsatmoqda. Biroq ish jarayoni doim ham tekis va silliq kechmaydi. Shunday alohida holatlardan mamlakatda demokratiya islohotlari to`xtagani, so`z erkinligi poymol qilinayotgani haqida global xulosalar qilish mutlaqo noto`g`ri va o`rinsizdir.
Shu kunlarda internetda o`ta faol muhokama qilinayotgan ushbu mavzu lokal xarakterga ega edi. Va uni jamiyatimizda kechayotgan boshqa islohotlarga soya soladi deb talqin qilish asossizdir.
O`zbekiston tarixiy burilishlar davrini boshdan kechirmoqda. Biz bitta ish, bitta maqsad va bitta g`oya atrofida jipslashganmiz.
Biz Prezident Shavkat Mirziyoevning yagona komandasidamiz.
Xalqaro Press klub o`z faoliyatini davom ettirmoqda.

U hech qachon to`xtamagan. Oldinda bizni juda muhim va dolzarb muloqotlar, yangi fomatdagi uchrashuvlar kutmoqda",—deb yozadi Sherzod Qudratxo`jaev.

    Boshqa yangiliklar