Tojikiston parlament deputatlari davlat prezidentining ta`lim bo`yicha qonunga o`zgartirishlar kiritish bo`yicha taklifini bir ovozdan qo`llab-quvvatladi, deb xabar berdi Novosti.kg nashri.
Deputatlar prezidentning darsga avtomashinada keladigan o`quvchilar va talabalarni o`qishdan chetlashtirish taklifini qizg`in qo`llab-quvvatlashdi. Endidan boshlab, maktab, kollej o`quvchilari, Oliy ta`lim muassasasi talabalariga o`qishga avtomashinada kelish taqiqlandi.
Mazkur qonunga rioya qilmagan Oliy ta`lim muassasasi talabasi 3 yilga, kollej va maktab o`quvchilari bir yilga o`qishdan chetlashtiriladigan bo`ldi.






