Ijtimoiy tarmoqlarda sevgan yigitidan iPhone 7 olib berishni so`rab, yig`lagan Anastasiya ismli qizning qilig`i ijtimoiy tarmoqlarda qizg`in muhokama qilinib, foydalanuvchilarning kulgisiga sabab bo`ldi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.
Videoda Anastasiya ismli qizning mashina ichida sevgan yigitidan “olmali” smartfon olib berishni so`rab yig`lagani aks etgan. U yigitidan hozirning o`zidayoq iPhone 7 olib berishni talab qilmoqda. “Men hammaga iPhone 7 olib berishingni aytganman. Sen esa uni haligacha sovg`a qilganing yo`q”, deb yig`ladi qiz.
Yigit undan biroz kutishni, puli yo`qligini aytganda, Anastasiya “iPhone 7 olib berishga va`da berganinggi besh oy bo`ldi, ammo haligacha olib bermading, hoziroq olib ber”, deb ko`z yoshi to`kkan.
Qiz o`zining mazkur harakatlari bilan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining kulgisiga qoldi. Foydalanuvchilar qizni injiqlik qilayotgan yosh bolaga o`xshatishdi. Viderolikni yarim million foydalanuvchi tomosha qildi.