AsosiyDunyo

NYu-YORKLIK AYoL MUShUKLARIGA 300 MING DOLLAR MEROS QOLDIRDI

'NYu-YORKLIK AYoL MUShUKLARIGA 300 MING DOLLAR MEROS QOLDIRDI'ning rasmi

Nyu-Yorkning Bronks tumanida yashovchi Ellen Frey-Vauter ismli beva ayol o`zining ikki mushugi — Troya va Taygerga katta miqdorda meros qoldirdi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.

Ellen Frey-Vauters — asli Niderlandiyalik bo`lib, BMT tizimida faoliyat yuritgan. Uning turmush o`rtog`i 1989 yilda, yolg`iz farzandi bolaligida vafot etgan. Ayolning o`zi esa 2015 yilda 88 yoshda olamdan o`tgan.

U mushuklarini xo`jalik ishlaridagi yordamchilarining qaramog`ida qoldirgan. Yordamchilardan biri ayol mushuklarga xuddi farzandiga qaragandek, qaraganligini ma`lum qildi.

Ayol vafot etgandan keyin Troya va Tayger, mavjud mablag` uning Niderlandiyada yashovchi yagona qarindoshi bo`lgan singlisiga topshiriladi. Ellen Frey-Vauterning qolgan 3 million dollari yordamchilari, xayriya tashkilotlari va advokatlari hisobiga o`tkaziladi.


    Boshqa yangiliklar