1

​O`G`LINING UYIGA SIG`MAGAN ONA

Mutolaa 25.08.2017, 10:55
​O`G`LINING UYIGA SIG`MAGAN ONA

Hashamatli hovlining naqshinkor eshigi sekingina ochilib, undan keng etak ko`rindi. Etakka o`ralashgan bir oyoq timirskilanib ostonada chalkashib yotgan poyabzallar orasidan o`zining uniqqan, qalin matodan tikilgan og`ir shippagini topdi. Oyog`i erda mustahakam turib olganiga ishonch hosil qilgach, eshik dastasiga ikki qo`llab osilgancha pardek jussali kampir ko`rindi.

Ozg`inligidan egnidagi ko`ylagi halpillagan, gap uqmas oq sochlari ro`mol tagida yotishni xohlamay tarqoq «mo`ralab» turgan, tishi yo`qligidan og`zi ichga tortib, iyagi oldinga turtib chiqqan kampir zina ayvonchasiga eson-omon chiqib olgach, atrofga alangladi. Keyin har ehtimolga qarshi xuddi endi uyg`ongan kishidek ko`zini ishqab qo`ydi.

Lekin bu gal o`g`lining «Oyi, uyqudan turdingizmi?» degan gapi eshitilmadi. Aslida, bu hovliga ko`chib kelgandan buyon bu gapni o`g`lidan bor-yo`g`i bir marta eshitgan va soddaligiga borib, «Allaqachon turgandim, bolam, oyoq tagida o`ralashmay, deb xonamdan chiqmay, tasbeh o`girib o`tiruvdim», deya javob bergandi. O`shanda negadir o`g`lining qovog`i uyulgan. O`g`li ishga ketgandan keyin esa kelinidan eshitadiganini eshitgandi: «Erim bilan oramni buzmoqchimiz? Kichik o`g`lingiz qamalmay deb, bor-yo`g`ini sotib ko`chada qolgani uchun sizga rahmimiz kelib, uyimga olib kelishga rozi bo`lsam-u, shumi yaxshilikka rahmatingiz! Ertalab erimni ishga, bolalarni maktabga jo`natgunimcha xonangizdan chiqmay, indamaygina o`tiring, tushundingizmi? hammani jo`natib, o`zim ham ishga borishga tayyorlanishim kerak, keyin chiqib choy ichsangniz ham bo`ladi-ku! Baribir, bekor o`tiribsiz, shoshadigan joyingiz yo`q!» dedi kelin ilondek vishilab. Kampir nima deyishni bilmay qolgandi o`shanda. Chunki u katta o`g`limnikida yashayman deb kelgan, bu hovlida kelin xo`jayinligi tushiga ham kirmagandi. Bir umr barvaqt turib o`rgangan ayol odatiga ko`ra bir-ikki marta tong otgandan hovliga chiqib, bekor o`tirmaslik uchun, rezina ichakda suv sepgandi. Lekin bu ham keliniga yoqmagan. Ro`zg`or yumushlariga yordamlashish uchun qilgan harakatlarini kelini nega noto`g`ri tushunishiga sira aqli etmasdi.

Surunkali kasalliklar o`z ishini qilib, kuz yaqinlashish bilan suyaklari zirqirardi. Kichik kelini uning xastaligini bilib qolgani uchun kuz kelishi bilan surtadigan dorilardan olib kelardi. Katta o`g`linikiga shaharga ko`chib kelayotganida o`sha dorilarni o`zi bilan olish esidan chiqibdi.

Suyaklari qaqshayvergach, uxlamay bolasining yo`lini poyladi. Mashinasi ovozini eshitib, sekin xonasidan chiqib oshxonaga yo`l oldi.

Kelin eriga allanimalarni gapirib kulishgancha ovqatlanishardi. Eshik ochilishi bilan ikkalasi ham o`girilishdi.

— Keling, ona, bormisiz? — dedi o`g`il salomlashgach. — Bitta uyda turib ham, bir-birimizni ko`rmaymiz-a? Ish ko`p-da, onam, ish ko`p. O`ziz yaxshimisiz?

— Yaxshiman, bolam, Xudoga shukr. Ishni ko`p bo`lgani yaxshi, ilohim omadingni bersin!

— Bu erda ish kam ekan... — xo`rsindi onaizor.

— Obbo, onamey, hali ham ishlasam deysizmi? Endi dam oling, mana, biz ishlaymiz...

— Sizga maz kerakmi? — onasining tortinib gapirishidan o`g`il xijolat bo`ldi. — Shuni shuncha tortinib gapirasizmi, ona? Menga falon dorini olib ber, desangiz bo`lmaydimi? — u onasiga e`tiborsizligini saxiyligi bilan yuvishga sabab topilganidan quvonib kulib qo`ydi.

— Malohat, — dedi keyin oshxonaga qarab. — Ertaga onamni do`xtirga olib borib, tashxis qo`ydirib kel. — Xotini javob bermaganiga e`tibor ham bermay volidasiga o`girildi: — Keyin do`xtir aytgan dorilarni olamiz, to`g`ri kelgan mazni moydori ekan deb surtib yuravermang , xo`pmi?.

— Xo`p... — ona o`g`lining mehridan erib, u yoq-bu yoqdan gaplashmoqchi bo`ldi. Shu payt oshxonada nimadir qarsillab sindi va kelinning «voy» degan ovozi eshitildi.

— Xola, faqat, o`g`lingiznikida yashayvermay, biznikiga ham mehmonga boring-da, onam o`rnida onamsiz axir, — gina qildi jiyan. — Keliningiz har kuni sizni so`raydi, bugun sizni olib bormasam, meni uyga kiritmasa kerak.

— Ie, tobingiz bo`lmayaptimi, xola? Aytmaysizmi? Keliningiz hamshira-ku, o`zi davolab qo`yadi.

— Essiz, sizlarni ham ovora qildim.. Esim qursin-a, akang bilan kelinoying ham bir dunyo dori olib bergandi-ya...

— E, qo`ysangiz-chi, xola, ovorasi bormi?

— Xotin, akam qo`ng`iroq qilib, onamni qachon qaytarib berasan, deb so`rab yotibdi, — dedi bir kuni ovqat boshida.

— Hali-beri bormaydi, qishni biznikida o`tkazadi demadingizmi? — dedi jiyan-kelin.

— Dedim! Katta hovlida qishda qiynaladi, bizniki «dom», hamma sharoit ichida dedim.

— Bugun o`g`limga aytay, shu zinasiga suyanchiq yasatsin... Qariyapman shekilli, tushib-chiqishga qiynalayapman, — o`ziga-o`zi gapirdi kampir xonaga alanglab. Tumbochkasi ustida turgan choynak og`zini ochib ko`rdi, unda ikki oy oldin damlangan choy shamalari mog`orlab qolgandi. Labi qurigan kampir tamshanib o`rniga cho`zildi.

Qoshlari chimirilgan kelinga qo`rqa-pisa nigoh tashlab olgan kampir divanning bir burchagiga omonatgina cho`kdi.

Kelin qaynonasiga choy ham uzatmasdan dasturxon boshidan turdi.

— Shaharda zerikmayapsizmi? — so`radi o`g`il ovqatdan bosh ko`tarmay.

O`g`il kulib yubordi.

Oshxonadagi idish-tovoqlar qattiqroq taraqlay boshlagach, kampir bezovtalandi, tezroq turish uchun shoshib gapirdi:

— Shu... bolam, tiramoh kelishi bilan suyaklarim qaqshaydi-da... Ukang olib bergan moydori bor edi, shuni surtsam, biroz tinchlanardi, bu dard o`lgur. O`sha moydorini o`zim bilan olib kelish esimdan chiqibdi. Agar...

O`g`li «nima bo`ldi?» degancha oshxonaga shoshilganini ko`rib, kampir o`zi qo`l ham urmagan dasturxonga fotiha o`qib o`rnidan turdi.

Ertasi kuni o`g`lining gapidan dadillangan kampir bisotidagi eng yangi, ikki yil oldin kichik kelini bozordan olib bergan ko`ylagini kiyib hovliga chiqdi.

O`g`li va nabiralari ketib bo`lishgan, yasan-tusan qilgan kelin ham yo`lga otlangandi.

Qaynonasining yasanib chiqqanini ko`rib, avval hayron bo`ldi, keyin sababi esiga tushib, istehzoli jilmaydi:

— Bugun vaqtim yo`q siz bilan do`xtirma-do`xtir yurishga. Ishxonamda zarur tadbir bor. Ish tartibimni chamalab ko`ray-chi, bo`sh vaqtim bo`lsa, do`xtirga borib kelamiz, — dedi va poshnasini qarsillatgancha chiqib ketdi.

Mushtipar ayol uning ortidan «Unda dori olakeling...» degancha qolaverdi.

Kampir ertasi kuni o`g`lining ishdan kelishini kuta-kuta uxlab qoldi. Undan keyingi kun ham.

Bo`g`inlari zirqiraganiga chidolmay oyog`ini uch-to`rt qavat ro`mol bilan o`rab olgan kampir, kaftlari bilan to`pig`ini bosib-bosib qo`yar, mashina ovozi eshitilarmikan deb, derazadan tushib turgan ayvon chiroqlariga umid bilan qarardi. Xotiniga topshiriq bergan o`g`li ertasiga ikki haftaga komandirovkaga ketayotganini onasiga aytmagandi.

Aksiga olib, kuzning ham qovog`i ochilmas, bulutlar ham kampirga qasd qilgandek osmonda aylangani-aylangan.

Xudoning unga rahmi kelib, o`sha kunlarda jiyani ko`rgani kelib qoldi.

Kampirga jon kirgandek bo`ldi, oyoqlari ham og`riqni unutib, bir paytlardagidek chaqqon harakatlanishdi. Ajin qoplagan yuzi ostida ko`rinmay qolgan ko`zi g`ilt-g`ilt yoshga to`lib tugunchasini ko`tarib chiqdi.

Jiyan–kelin uni quchoq ochib kutib oldi. U ham ishlardi, lekin xolasini o`tqizgani joy topolmay parvona bo`lardi.

Og`riq bo`sh kelavermagach, kampir sekingina jiyaniga: — Moydorim akangni uyda qolib ketipti-da...

hayal o`tmay, kelin ko`tarib kelgan bir paket dori-darmonni ko`rib ayolning ichi uvishdi.

Kelin kampirning oyog`iga kuniga ikki marta malham surtar, uch mahal dori ichishini nazorat qilar, bundan tashqari, allaqanday dorivor giyohlardan oyog`iga vanna qilardi. Bunaqa parvarishni umrida ko`rmagan kampir xijolat bo`lardi.

Parvo yaxshiligidan onaizorga biroz jon kirib, et oldi. Faqat o`n kundan buyon na o`g`li, na kelini xabar olmaganidan jiyanlarining oldida xijolat bo`lardi.

Uning siqilayotganini jiyani ham sezdi.

Kampirning ko`zlari charaqlab ketgandek bo`ldi.

Kampir shu kuni uyquga ketguncha «qo`ng`iroq qilgan» o`g`lini duo qilib yotdi.

Jiyaninikida ikki oy qolib ketgan kampir, oxirgi paytlarda yuragi g`ash bo`layotganidan zorlanib, jiyaniga akangnikiga olib borib qo`y deb turib oldi. Kampirni ko`ndira olmagan jiyani kecha uni akasining hovlisiga olib kelgandi. O`g`li odatdagidek uyda yo`q edi, kelin kampirni sovuqqina kutib oldi. Yo`lda charchagan kampir ovqat ham emay uxlab qoldi.

Tong yorishsa-da, hech kim nonushtaga chaqirmagach, sekin-asta xonasidan chiqib, eshik dastasiga osilgancha turib qoldi.

Aylana shaklida yasalgan keng zinaning ushlaydigan tutqichi yo`qligi sabab doim tushib-chiqishga qiynalardi.

hozir boshi aylanib turgan vaqtda undan tushish kampir uchun azobga aylandi. U qadam bosishga ikkilanib bor-yo`g`i beshta bo`lgan pog`onalarga qarab o`ylanib qoldi. Undan suyanchiqsiz tushib olishga ko`zi etmay, yana xonasiga qaytib kirdi.

«O`g`limning ishi ko`p-da, bo`lmasa allaqachon zinaga suyanchiq yasab qo`yardi», o`yladi kampir va qush uyqu ustunlik qilib mizg`idi. Birozdan keyin mamnun jilmaydi, tushida kichik o`g`li bilan yashagan keng, suv sepilgan, rayhon ifori taralib turadigan shinam hovlisida yayrab yurardi...

Dilfuza SOBIROVA

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1