1

ILTIJONING IJOBATI

Mutolaa 26.08.2017, 09:31
ILTIJONING IJOBATI

Pokistonlik Doktor Ishon Husayniy ko`rsatgan xizmatlari uchun xalqaro taqdirlash marosimiga ketayotgan edi. Samolyotga chiqdi. Ob-havoning yomonligi tufayli samolyotni yaqin oradagi aeroportga qo`ndirishga majbur bo`ldilar. Keyingi reys esa 16 soatdan keyin uchishi kerak edi. U bundan jahli chiqib, «Majlisga, albatta, etib borishim lozim, 16 soat kuta olmayman», deya baqirdi. Aeroportda vazifasini bajarayotgan ishchilar unga ketayotgan shahri bu erdan 6 soat uzoqlikda ekanini, xohlasa ijaraga mashina olib, borishi mumkinligini aytdi.

Doktor shosha-pisha yo`lga chiqdi-yu, ammo aksiga olib, shiddatli yomhir quya boshladi. Selning qattiqligidan yo`lda hech narsa ko`rinmas va mashina ham qimirlay olmaydigan holga keldi.

Doktor yo`l yuzidagi eski bir uyning eshigini taqillatib, o`zini ichkariga otdi. Uyning ichida bir keksa ayol o`tirardi. Doktorning hovliqib, «Menga telefon bering, bir joyga zudlik bilan qo`nhiroq qilishim lozim» deganini eshitib, yuziga tabassum yugurdi va shunday dedi: «Ko`rmayapsanmi holimizni bolam, bu yoqlarda na telefon, na elektr toki bor. Kir ichkariga, biroz damingni ol, ovqatlan, choy ich, undan keyin ishlaringni hal qilarsan».

Doktor chorasizlikdan ayolning aytganlarini qildi, biroz isinib, ovqatlandi. U choyini ichib bo`lguncha keksa ayol namozini o`qib, uzun-uzun duolar qildi. Bularni diqqat bilan kuzatib turgan doktor ayolning beshikni tebratayotganini va unda bir go`dak harakatsiz yotganini ko`rib, «Onajon, bu kimning bolasi, tinchlikmi, nima sababdan ko`z-yoshlar bilan duo qildingiz?» deb so`radi. Keksa ayol esa «Bu mening ham ota, ham onasidan etim qolgan nevaram, ohir hastalikka chalindi, bu atroflarda hech qaysi shifokor chora topa olmadi. Ishon Husayniy degan bir shifokor bormish, faqatgina u bir chora topa oladi, deb aytishgandi. Biroq u juda ham uzoqda bo`lgani uchun jigarbandimning ishini oson qilsin deya bir necha kundan beri Allohga iltijolar qilaman…» dedi.

Doktor Husayniy ko`z yoshlarini to`xtata olmay, «O`rningizdan turing onajon, Alloh duolaringizni qabul qildi. Sizning duolaringiz osmondan chaqmoq chaqtirib uchoqni ham erga qo`ndirdi, sellar oqizdi va nihoyat meni sizga yo`lladi, doktor Husayniy menman, onajon. Alloh o`z bandalarining istaklarini shunday holda bajarib qo`yishiga iymonim komil bo`ldi. Butun yo`llaringiz to`silib qolgan taqdirda ham, osmonlaru erni yaratgan Zotga sihining. Uning marhamati duo bilandir», dedi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1