AsosiyJamiyat

​ShAVKAT MIRZIYoEV IMOM BUXORIY MAQBARASINI ZIYoRAT QILDI

'​ShAVKAT MIRZIYoEV IMOM BUXORIY MAQBARASINI ZIYoRAT QILDI'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 27 avgust kuni Samarqand viloyatiga tashrifi davomida Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi.

Majmua qoshida ochilishi mo`ljallanayotgan Xalqaro ilmiy markaz qurilishi bilan tanishdi.

Ushbu markaz Imom Buxoriy va boshqa mutafakkir allomalarimizning mamlakatimiz va xorijiy davlatlardagi bebaho ilmiy-ma`naviy merosini to`plash, o`rganish ularni xalqimiz va jahon jamoatchiligiga etkazish bilan shug`ullanadi. Mamlakatimiz rahbari bu erda yoshlarga islom dini tarixi, ta`limoti eng mukammal o`quv reja va dasturlar asosida o`qitilishi zarurligi, bu markaz jahonda ajdodlarimizga munosib ravishda o`z o`rniga ega bo`lishi kerakligini ta`kidladi.

Prezidentga majmua atrofida joylashgan savdo va maishiy xizmat ko`rsatish shaxobchalarini rekonstruksiya qilish, yo`l bo`yida yangi turar-joylar bunyod etish, ziyoratchilar uchun qo`shimcha qulaylik yaratish, obodonlashtirish borasida olib borilayotgan ishlar to`g`risida ma`lumot berildi. Shavkat Mirziyoev amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar loyihalarini takomillashtirish, hudud infratuzilmasini yanada rivojlantirish bo`yicha quruvchi va mutasaddilarga zarur ko`rsatmalar berdi.

Boshqa yangiliklar