Keniyada polietilen paketlardan foydalanishni taqiqlovchi qonun kuchga kirdi, deb xabar berdi Russian.rt.com nashri.
Keniyada kuchga kirgan yangi qonunga muvofiq plastik paketlarni tayyorlagan, sotgan va undan foydalangan odam 38 ming dollar jarima to`laydi yoki 4 yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi.
Mazkur taqiqning asosiy maqsadi atrof-muhitni, tabiatni himoya qilishdir. Faqatgina oziq-ovqat mahsulotlarini o`rash uchun polietilen paket ishlab chiqaruvchilar jazodan istisno qilingan.






