Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi, Xorazm viloyati prokuraturasi, Yoshlar ittifoqi Xorazm viloyati Kengashi, Sud idoralari xodimlari, mahalliy hokimlik vakillari, mahalla posbonlari, ko`ngillilar guruhi va boshqa idora-tashkilot vakillari ishtirokida Xorazm viloyatini jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirish bo`yicha profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda “Uzbekistan24” telekanalining rasmiy saytida xabar qilindi.

21-27 avgust kunlari olib borilgan profilaktik ishlar natijasida jinoyatchilikning keskin pasayishiga tungi vaqtlarda esa umuman jinoyat sodir qilinishiga yo`l qo`yilmadi. Qidiruvda yurgan 4 nafar shaxs ushlanib, mol-mulklarini qarovsiz qoldirgan 2356 nafar shaxs mulkini qarovsiz qoldirmasligi to`g`risida ogohlantirilib, bu bilan bir nechta o`g`irlik jinoyatlari barvaqt oldi olindi. Tungi vaqtda qarovsiz va nazoratsiz yurgan 10 nafar voyaga etmagan shaxs aniqlanib, tegishli maskanlar mas`ul xodimlariga qonuniy chora ko`rildi.

Tunda bemaqsad yurgan 3706 nafar shaxs ichki ishlar idoralariga olib kelinib, prafilaktik suhbatlar o`tkazildi.
Ma`lumot o`rnida shuni ta`kidlash joizki, bugungi kunda Xorazm viloyatida asosiy e`tibor jinoyatlar sodir qilgandan keyin oqibatlari bilan kurashishga emas, balkiy jinoyatlarning barvaqt oldini olish asosiy vazifa qilib qo`yilgan.






